Daryo

Suratkash daraxtdagi ukkini rasmga oldi. Uni ko‘rish uchun biroz ter to‘kishga to‘g‘ri keladi (foto)

Rasmga olish jarayoni qiyin kechmagan, biroq odamlarni suratda ukki borligiga ishontirish qiyin bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish118 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Daily Mail

Hindistonning Chennay shahrida yashovchi suratkash Varun Jayn o‘rmonda olgan surati bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, ushbu suratda ukki ham aks etgan, biroq uni osonlikcha payqab bo‘lmaydi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Caters News Agency

Qayd etilishicha, qush shu qadar ustamonlik bilan daraxtga o‘rnashganki, natijada u sezilmaydi.

30 yoshli suratkashning so‘zlariga ko‘ra, u bu kadrni Hindiston markazidagi Pench milliy bog‘ida olgan.

U dastlab qoplonni rasmga olishni mo‘ljallagan, biroq qaysidir daqiqada daraxt uning e’tiborini tortgan. Shunda u daraxt kovagida ukki o‘tirganini payqagan.

“Daraxtda ukki borligini sezish uchun 10 daqiqacha vaqt sarfladim”, — deydi u.

Foto: Caters News Agency
Foto: Caters News Agency

U bog‘ga bir necha do‘stlari bilan birga borgani va qushni ko‘rishga ularga bir holat yordam berganini aytgan.

“Agar qushning e’tiborimni tortgan bilinar-bilinmas harakati bo‘lmaganida men ukkini sezmasdim”, — deydi Jayn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmga olish jarayoni qiyin kechmagan, biroq odamlarni suratda ukki borligiga ishontirish qiyin bo‘lgan.

Mavzuga doir: Amerikalik ayol qushlar uyasiga kamera o‘rnatdi. Endi u yerda yuzlab qushlar rasmga tushmoqda (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar