Daryo

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish108 076 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Adolat sari” gazetasi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 18-avgust kuni soat 15:30 larda tumandagi “Baxrin” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39—Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati

A.D. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi Samarqand—Urgut yo‘nalishida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Toshkentning Chilonzor tumanida yashagan, haydovchi Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi Sh.A., yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan J.A. va T.N. voqea joyida, uchinchi yo‘lovchi B.I. Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Cobalt’ning boshqa yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi F.M., uning o‘g‘li — voyaga yetmagan B.A. va Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi M.L. tan jarohati olib, Urgut tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar