Daryo

Spagetti, qiyma va sousli “qush ini” taomini tayyorlaymiz

Xamir ustiga solingan qiyma va sousga qo‘shilgan pishloqning ta’mi va ifori kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq

1 daqiqa o‘qish72 767 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Russianfood.com

Bu taom nafaqat oddiy, balki bayram dasturxoni uchun ham ayni muddao. Xamir ustiga solingan qiyma va sousga qo‘shilgan pishloqning ta’mi va ifori kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq.

Foto: Russianfood.com
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Spagetti xamiri — 400 gr
  • Qiyma — 250 gr
  • Pomidor — 100 gr
  • Pishloq — 50 gr
  • Piyoz — 50 gr
  • O‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq
  • Ketchup — 2 osh qoshiq
  • Mayonez — 2 osh qoshiq
  • Petrushka —ta’bga ko‘ra
  • Suv — 70 ml
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sous uchun mayonezga ketchup qo‘shib aralashtiring.
  • Qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz qo‘shing.
  • Murch va tuz seping.
  • Qaynab chiqqan ikki litr suvga, ikki osh qoshiq tuz qo‘shing va spagettini pishirib oling.
  • Pechga qo‘yish uchun mo‘ljallangan idishga yog‘ surting.
  • Spagettini qush ini shaklida aylana qilib terib chiqing.
  • Ustidan tayyorlangan sous quying.
  • Sous ustiga qiymali aralashmani soling.
  • Dumaloq qilib to‘g‘ralgan pomidorni ham terib chiqing.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping
  • 180 daraja qizigan pechga 20-15 daqiqaga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar