Daryo

Nonushtaga mayiz va tvorogli keks tayyorlab ko‘ring

Kekslarni dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezang

1 daqiqa o‘qish28 639 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gastronom.ru

Kekslarni shokoladli qilib ham tayyorlash mumkin. Buning uchun xamirga 1-2 osh qoshiq kakao qo‘shish kerak bo‘ladi.

Foto: Gastronom.ru
Kerakli mahsulotlar:
  • Mayiz— 70 gr
  • Tvorog — 200 gr
  • Sariyog‘ — 150 gr
  • Tuxum — 3 dona
  • Shakar — 150 gr
  • Un — 160 gr
  • Razrixlitel — 1 choy qoshiq
  • Tuz — bir chimdim
Tayyorlanish jarayoni:
  • Mayizni idishga soling va ustiga issiq suv solib ivitib qo‘ying.
  • Sariyog‘ni past olovda eritib oling.
  • Tuxum oqini chaqing va shakarni oz-ozdan qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Sariyog‘ga tvorog qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani tuxumli aralashmaga qo‘shing va mikserda aralashtiring.
  • Mayiz qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
  • Keks uchun mo‘ljallangan qolip yoki maxsus idishchalarni tayyorlab oling va aralashmani ehtiyotkorlik bilan solib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Kekslarni dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar