IIV YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bo‘yida yonayotgan avtomobil aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat 15-avgust kuni soat 16:40 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Chilonzor—KHAY chorrahasi yaqinida fuqaro I.K.ga tegishli bo‘lgan Mazda rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Hozirda Toshkent shahar Chilonzor tumani FVB hamda YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.