Daryo

Qiyma qo‘shib tayyorlanadigan arabcha omlet — shakshuka retsepti

Omletni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish31 404 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yeda.ru”

Tuxum, sabzavot va sous qo‘shib tayyorlanadigan shakshukaning turli retseptlari mavjud. Quyida e’tiboringizga muzlatkichingizda bor mahsulotlardan bir zumda tayyorlanadigan variantini havola qilamiz.

Foto: “Yeda.ru”
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • mol go‘shtidan tayyorlangan qiyma — 200 gr;
  • piyoz — 1 dona;
  • ta’bga ko‘ra sarimsoq piyoz;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • pomidor — 3 dona;
  • ta’bga ko‘ra tuz, murch;
  • tuxum — 4-6 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sabzavotlarni somoncha shaklida to‘g‘rang va o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Qiyma qo‘shing va aralashtiring.
  • Pomidor, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Tuxum chaqing, olovni pasaytiring.
  • Omlet tayyor, uni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar