Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsida “Bavariya” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq myunxenliklar penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Robert Levandovski aniq amalga oshirdi. 24-daqiqada Ivan Perishich Levandovskining uzatmasidan so‘ng mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Londonliklar bunga bo‘lim oxirida Temmi Abrahamning kiritgan to‘pi bilan javob berdi.

76-daqiqada Korenten Tolisso hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Levandovski jamoasining to‘rtinchi, o‘zining esa ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa “Bavariya” ikkinchi o‘yinda ham (birinchi o‘yin — 3:0) g‘alabaga erishgan holda chorak finalga yo‘l oldi va keyingi bosqichda “Barselona” bilan o‘ynaydi.

YChL

1/8 final, javob bahsi

8-avgust, shanba

“Bavariya” — “Chelsi” 4:1

Gollar: 1:0 – 10, penalti Levandovski, 2:0 – 24 Perishich, 2:1 – 44 Abraxam, 3:1 – 76 Tolisso, 4:1 – 83 Levandovski.

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Zyule, 63), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 70), Devis, Gnabri (Martines, 81), Goretska, Perishich (Koutinyo, 64), Levandovski, Myuller.

“Chelsi”: Kabalyero, Zuma, Jeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Hadson-Odoi, Abraham (Jiru, 81).

Ogohlantirishlar: Kabalyero (8), Emerson (43).

Ilk uchrashuv — 3:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!