Daryo

Qashqadaryo prokuraturasi turmush o‘rtog‘i va farzandlarini yoqib yuborgan erkak voqeasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, MFY raisi va hudud profilaktika inspektori o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish204 526 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi avtomobilida o‘ziga qo‘shib uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yuborgan shahrisabzlik erkak voqeasiga munosabat bildirib, hokim va IIB boshlig‘i o‘rinbosari, MFY raisi hamda profilaktika inspektoriga intizomiy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jasur Shukurov xabar berdi.

Jasur Shukurovning ma’lumot berishicha, Shahrisabz shahrida yashagan N.S. 2020-yilning 30-iyul kuni turmush o‘rtog‘i Z.O. hamda farzandlari bilan o‘ziga tegishli avtomashinada tog‘asining uyidan qaytayotgan vaqtda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi. Fuqaro oilaviy janjal sabab avtomobilini yo‘l chetida to‘xtatib, eshiklarini qulflagan holda mashinada bo‘lgan benzin yoqilg‘isini o‘zi, turmush o‘rtog‘i va farzandlarining ustiga sepib, yoqib yuborgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan fuqarolarning ko‘magi bilan N.S, turmush o‘rtog‘i Z.O, o‘g‘li I.N va qizi S.K.lar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Biroq, haydovchining qizi Sh.K. avtomashinada qolib ketganligi sababli hodisa joyida vafot etgan. N.S.ning o‘zi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kuni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Rahmonova, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari N.Eshmurodov, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H.Omonov va hudud profilaktika inspektori J.Mo‘minovlar o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmaganligi, oilada sodir etilayotgan janjallarning tub sabablarini o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko‘rmagani aniqlanib, ularni intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qo‘zg‘atilgan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar