Daryo

JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi

O‘tgan bir sutka ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 292 527 kishiga ortgan

1 daqiqa o‘qish88 206 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 31-iyul kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishning yangi rekord ko‘rsatkichini qayd etdi.

Foto: Reuters

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 292 527 kishiga ortgan.

Bundan oldingi sutkalik antirekord 25-iyul kuni qayd etilgandi. O‘shanda dunyoda bir sutka ichida rasman 286 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan edi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar soni 17,1 million kishidan oshgan. Hozirga qadar 668 910 kishi koronavirus qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutka ichida 6812 kishi).

27-iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u dunyoning qator davlatlarida koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin oshishida yoshlarni ayblagan.

Mavzuga doir: JSST butun dunyoda COVID-19 pandemiyasining faqat bitta to‘lqini kuzatilishini bildirdi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar