“Auto.ru” saytida V8 dvigateli o‘rnatilgan noyob “GAZ-24-34” sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Modelning mazkur versiyasi 244 nusxada yaratilgan bo‘lib, o‘z davrida sovet maxsus xizmatlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Sotuvchi 28 yillik “Volga” uchun 2,3 million rubl (32,2 ming dollar) so‘ramoqda.

Foto: “Auto.ru”

Uzoq yillar davomida isitilgan garajda saqlangan kulrang sedan yaxshi holatda — u hozirga qadar 57 ming kilometr yo‘l bosgan. “KGB quvlagichi” nomini olgan modelga 195 ot kuchiga ega 5,5 litrli V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Bu turdagi “Volga”larni yig‘ish uchun maxsus sex jihozlangan. Avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan oddiy versiyalardan farq qilmagan. U ataydan ko‘zga tashlanmaydigan rangga bo‘yalgan.

Foto: “Auto.ru”

Ammo bu kabi avtomobillar seriyali versiyadan tezkor, kuchliroq va takomillashgan bo‘lgan. Ayrim nusxalarga “GAZ-3102”ning old tormoz diskalari o‘rnatilgan.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”