Daryo

Qovoqcha, qiyma va pomidorli “zapekanka” tayyorlaymiz

Yengil va to‘yimli mazkur taomni tushlik va kechki ovqatga pishirish tavsiya qilinadi

1 daqiqa o‘qish27 933 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

“Zapekanka”ning yoqimli ifori va og‘izda eriydigan ta’mi sizni maftun qilmay qo‘ymaydi. Yengil va to‘yimli mazkur taomni tushlik yoki kechki ovqatga pishirish tavsiya qilinadi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Qovoqcha (kabachki) — 3 dona
  • Tuz ta’bga ko‘ra
  • Piyoz — 1 dona
  • O‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq
  • Qiyma — 500 gr
  • Go‘sht uchun ziravorlar ta’bga ko‘ra
  • Pomidor — 3-4 dona
  • Pishloq — 100 gr
  • Tuxum — 2 dona
  • Smetana — 3-4 qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qovoqchani qirg‘ichdan chiqarib oling, tuzlang va 15 daqiqaga qoldiring.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada maydalangan piyozni qovurib oling.
  • Qiymani qo‘shing, aralashtiring, tuz va ziravorlarni soling va 10 daqiqa pishiring.
  • Pomidorni dumaloq shaklda to‘g‘rang, pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Tuxum, smetana va tuz solib aralashtiring.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan qandolat idishi chetlariga mahsulotlar yopishib qolmasligi uchun yog‘ surting.
  • Qovoqchaning bir qismini soling, ustidan qiyma keyin bo‘lsa yana qovoqcha tering.
  • Pomidor soling, smetanali sousni ustidan quying.
  • 180 daraja qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar