Daryo

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi ilk bor 32 mlrd dollardan oshdi

Ushbu zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli

1 daqiqa o‘qish46 948 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Street

O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 32,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: The Street

O‘zbekistonning zaxiralari hali ham zaif diversifikatsiyalangan — deyarli barchasi monetar oltin (19,4 milliard dollar) va xorijiy valyutada (12,4 milliard dollar) saqlanmoqda. Ushbu muammoni AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilgan.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017-yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 32 milliard dollardan oshdi. Ular, asosan, oltin narxining o‘sishi hisobiga ortdi.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” deb ham hisoblanadi — ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

Ayni vaqtdagi zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘pdir.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi may oyida 30 milliard dollardan, may oyida esa 31 milliard dollardan oshgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston yil boshidan qancha oltin sotgani ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar