Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyati Zangiota tumani Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralarni ishga taklif qilayotgani xabar berilgan edi. SSV matbuot xizmati ularga 14 kunlik ish faoliyati uchun qancha haq to‘lanishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shifoxona quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etayotgandi.

Shifokorlar:

  • Anesteziolog-reanimatolog;
  • Infeksionist;
  • Epidemiolog;
  • Vrach-laborant;
  • Vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar.
Hamshiralar:
  • Reanimatsiya hamshirasi;
  • Palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
  • Kichik tibbiyot xodimlari.
14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  • Shifokorlar – 25 million so‘m;
  • Hamshiralar – 15 million so‘m;
  • Kichik tibbiyot xodimlari – 10 million so‘m.
Eslatib o‘tamiz, xabarda 14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida berilishi ta’kidlangan. Ishlash istagini bildirganlar quyidagi telefon raqamlari orqali SSVning xodimlar bo‘limiga murojaat qilishi mumkin: (71) 241-12-02, (71) 241-18-70, (71) 241-54-54 hamda 1109 qisqa raqami orqali.

Avvalroq “O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinishi xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi