Daryo

Chechevitsadan go‘shtsiz turkcha kotlet tayyorlaymiz

Dasturxoningizni yangicha taom bilan bezang

1 daqiqa o‘qish67 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kyofte deb ataluvchi mazkur kotletlar, turk oshxonasining mashhur taomlaridan biri hisoblanadi.

Foto: Lifehacker
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • O‘simlik yog‘i — 1-2 choy qoshiq
  • Piyoz — 1 dona
  • Qizil yasmiq (chechevitsa) — 1 stakan
  • Suv — 4 stakan
  • Tomat pastasi — 1-2 choy qoshiq
  • Zira — 1 choy qoshiq
  • Maydalangan qizil qalampir — 1 choy qoshiq
  • Ko‘katlar ta’bga ko‘ra
  • Quritilgan yalpiz — 1 choy qoshiq
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra
  • Salat bargi
  • Limon — 1 dona
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qizigan o‘simlik yog‘iga mayda to‘g‘ralgan piyoz va chechevitsani solib qovuring. Olovni baland qilib, suv soling va qaynating.
  • Tomat pastasi qo‘shib aralashtiring.
  • Suv kamayib massa hosil bo‘​lishi kerak​.
  • Qalampir, zira, bulg‘ur qo‘shing.
  • Olovni o‘chirib, 15 daqiqa ustini ochib qo‘ying.
  • Massadan tuxum shaklidagidek kotletlar yasang (ularni qovurish shart emas).
  • Salat bargi ustiga kotletlarni terib, ustiga limon qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar