Daryo

Lionel Messi La Ligada 11 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Messi golli uzatmalar soni bo‘yicha Xavining natijasini takrorladi

1 daqiqa o‘qish35 882 ko‘rishlar0 izoh0

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 36-turida “Valyadolid”ga qarshi o‘yinda (1:0) jamoadoshi Arturo Vidalning goliga hammualliflik qildi.

Foto: Twitter

Bu Messi uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi 20-assist bo‘ldi. Shu tariqa u La Ligada golli uzatmalar borasida shaxsiy rekordini yangiladi.

Bundan tashqari, argentinalik futbolchi 11 yil ichida Ispaniya chempionatida 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi o‘yinchiga aylandi.

Opta xabariga ko‘ra, 2008/09-yilgi mavsumda “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi ham 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Gracenote esa Xavi 2008/09-yilgi mavsumda 21 ta golga assistentlik qilganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Messi katalon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2003-yildan beri asosiy jamoada harakat qiladi. U 2019/20-yilgi mavsumda 31 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Messining qo‘lida “qizil tugma” bor, u osonlikcha “Barselona” prezidenti va murabbiyidan xalos bo‘lishi mumkin

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar