Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turidan o‘rin olgan London derbisida “Tottenhem” va “Arsenal” 12-iyul, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: “Tottenhem”

Foto: “Tottenhem”

Uchrashuv faol boshlagan “Arsenal” futbolchilari 16-daqiqada hisobni ochdi: Aleksandr Lyakazett  jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib maydon egalari hisobni tenglashtirdi. Son Hyon Min raqib himoyasidagi xatodan keyin darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham kichik ustunlik Mikel Arteta shogirdlari tomonidan bo‘lgan bo‘lsa ham, gol urish “shporlar”ga nasib etdi. 81-daqiqada Tobi Alderveyrld burchakdan uzatilgan to‘pga boshi bilan zarba berib, “kanonirlar” darvozasini ishg‘ol qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Tottenhem” 52 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Arsenal” (50) esa 9-pog‘onada qoldi.

APL

35-tur bahslari

12-iyul, yakshanba

“Tottenhem” — “Arsenal” 2:1

Gollar: 0:1 – 16 Lyakazett, 1:1 – 19 Son Hyon Min, 2:1 – 81 Alderveyreld.

“Tottenhem”: Lyoris, Orye, Alderveyreld, Devis, Sanches, Uinks, Lo Chelso (Skipp, 84), Lukas Moura (Bergveyn, 82), Sissoko, Son Hyon Min (Lamela, 90), Keyn.

“Arsenal”: Martines, Belyerin (Soaresh, 84), David Luiz, Mustafi, Tirni (Uillok, 84), Sebalyos, Jaka, Pepe (Saka, 70), Kolashinats (Nelson, 84), Lyakazett, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Lo Chelso (16), Orye (34), Lyakazett (45), Devis (45), Pepe (61), Uinks (76), Bergveyn (87), Saka (90).

“Vulverhempton” — “Everton” 3:0

Gollar: 1:0 – 45, penalti Ximenes, 2:0 – 46 Dendonker, 3:0 – 74 Diogu Jota.

“Aston Villa” — “Kristal Pelas” 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Trezege, 2:0 – 59 Trezege.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi