Buxoro viloyatining Romitan tumanida Damas’ning eshak aravaga urilishi oqibatida 25 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev ma’lum qildi.

Foto: Buxoro viloyat IIB YHXB

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 29-iyun kuni soat 20:30 da Romitan tumani “Azizon” mahalla fuqarolar yig‘ini Sarbiston qishlog‘idan o‘tgan yo‘lda harakatlanib borayotgan Damas katta tezlikda yo‘l chetida kelayotgan eshak aravaga urilgan. Natijada eshak aravadagi ayol jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tez yordam ko‘rsatilishiga qaramay 25 yoshli ayol shifoxonada vafot etgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB YHXB

Ayni paytda Damas haydovchisining xatti-harakati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Buxoro viloyat IIB YHXB

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Damas’lar ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etgani, shuningdek, Marg‘ilon shahrida ham Damas va piyoda o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida fuqaro vafot etgani xabar berilgandi. 1-iyul kuni Surxondaryoda “VAZ-2101” Malibu bilan to‘qnashib yonib ketishi natijasida “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchi vafot etgan edi. Sergelida 57 yoshli ayol, Shayxontohurda esa 10 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgani xabar berilgandi.