Daryo

Braziliya prezidenti o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotganini ma’lum qildi

Prezident koronavirusga test topshirgan va uning natijasi 7-iyul kuni chiqadi

1 daqiqa o‘qish49 440 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘zida koronavirusning belgilari kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining tarafdorlari bilan prezident qarorgohi qarshisida o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Estadao.

Foto: Reuters

Bolsonaruning so‘zlariga ko‘ra, uning tana harorati ko‘tarilgan, shuningdek, o‘pkasini magnit-rezonans tomografiya qildirgan. MRT hech qanday kasallik alomatlarini aniqlamagan.

Prezident koronavirusga test topshirgan va uning natijasi 7-iyul kuni chiqadi. Shuningdek, Bolsonaru gidroksixloroxin qabul qilishni boshlagan.

Braziliya prezidenti o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvga niqobda chiqqan va odamlardan o‘ziga yaqinlashmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Braziliya prezidentining yordamchisi Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangach, Bolsonaruning o‘zi ham test topshirgan edi. Dastlab OAV Bolsonaruning testi ijobiy chiqqanini yozgan. Biroq prezidentning o‘zi buni “feyk yangiliklar” deb atagandi. Keyinroq Bolsonaru ikkinchi bor koronavirusga test topshirgan va uning natijasi salbiy chiqqandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar