O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Ibrohimbekova 30-iyun kuni evarali bo‘ldi. Aktrisaning evarasiga Muhammadalixon deb ism qo‘yildi.

Foto: “Darakchi.uz”

Ma’lumot uchun, “Begona bahor” filmidagi zolim qaynona obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Gulchehra Ibrohimbekova 1951-yil 24-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Gulchehra Ibrohimbekova 1973-yil Toshkent davlat san’at institutining Teatr va kino aktyorligi fakultetini tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini 1974-yil O‘zbek Milliy akademik drama teatrida boshlagan.“Parvona” spektaklidagi Nazokat obrazi aktrisani elga tanitdi.

Gulchehra Ibrohimbekova ko‘plab badiiy filmlarda ham esda qolarli rollar ijro etgan.