Italiya A Seriyasining 29-turidan o‘rin olgan 30-iyun, seshanba kunidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.

Foto: Twitter

“Yuventus” safarda “Jenoa”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 50-daqiqada Paulo Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, oradan olti daqiqa o‘tib, Krishtianu Ronaldu uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan holda ikkinchi golni urdi.

73-daqiqada Duglas Kosta hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini Andrea Pinamonti kiritdi.

“Latsio” Turinda “Torino” bilan o‘ynadi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Yuventus” 72 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda va eng yaqin ta’qibchisi “Latsio”ni (68) to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

A Seriya

29-tur bahslari

30-iyun, seshanba

“Jenoa” — “Yuventus” 1:3

Gollar: 0:1 – 50 Dibala, 0:2 – 56 Ronaldu, 0:3 – 73 Duglas Kosta, 1:3 – 76 Pinamonti.

“Jenoa”: Perin, Sumaoro, Romero, Masyello, Gilyone (Barreka, 62), Sturaro (Biraski, 75), Behrami, Shene (Lerager, 46), Kassata (Pandev, 78), Favilli (Sanabriya, 46), Pinamonti.

“Yuventus”: Shchensni, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 74), Kuadrado, Rabyo (Matyuidi, 83), Bentankur, Bernardeski (Duglas Kosta, 66), Ronaldu (Iguain, 74), Dibala (Oliveri, 83).

Ogohlantirishlar: Favilli (7), Shene (33), Bonuchchi (45), Sturaro (58), Kassata (70), Masyello (80).

“Torino” — “Latsio” 1:2

Gollar: 1:0 – 5, penalti Belotti, 1:1 – 48 Immobile, 1:2 – 72 Parolo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!