Ispaniyaning “Valensiya” klubi bosh murabbiyi Albert Selades iste’foga chiqarildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Klub rahbariyatining bunday qarorga kelishiga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. Klub murabbiyga ish uchun minnatdorchilik bildirdi. Mavsum so‘nggiga qadar esa ushbu lavozimni Seladesning yordamchisi egallab turadigan bo‘ldi.

44 yoshli mutaxassis 2019-yilning sentabr oyidan beri “Valensiya”ni boshqarib kelayotgandi. Shuningdek, klub joriy yilning yanvar oyidan beri sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Sesar Sanches bilan ham hamkorlikni to‘xtatdi.

“Valensiya” Ispaniya La Ligasining 32-turidan keyin 46 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turda 1-iyul, chorshanba kuni “Atletik Bilbao”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!