“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 30-turidan o‘rin olgan “Real Sosyedad” qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hammaning faqat hakamlar haqida gapirayotgani meni g‘azablantirmoqda. Xuddi biz maydonda hech narsa qilmagandek taassurot paydo bo‘lmoqda. Lekin biz ularning gap-so‘zlarini nazorat qila olmaymiz. Biz maydonda g‘alaba qozonamiz va bugun ham shunday bo‘ldi. Haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman.
Garchi bu g‘alaba 9 ochkoga teng bo‘lsa-da, hali hech narsaga erishganimiz yo‘q. Kurash hali davom etadi”, – deydi Zidan.
Jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida ham “Real” (3:1) g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Madrid klubi ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 65 taga yetkazib, “Barselona”dan o‘zaro o‘yinlar hisobiga o‘zib ketdi va chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)