Daryo

Uy sharoitida malinali muzqaymoq tayyorlaymiz

Jazirama kunlarda muzqaymoqdan a’losi yo‘q

1 daqiqa o‘qish53 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Jazirama kunlarda muzqaymoqdan a’losi yo‘q, malina qo‘shib tayyorlanadigan shirinlikning esa mazasiga gap bo‘lishi mumkin emas.

Foto: Lifehacker
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Barra yoki muzlatilgan malina — 250 gr
  • Shakar — 225 gr
  • Tuxum — 2 dona
  • Tuxum sarig‘i — 4 dona
  • Qaymoq — 600 ml
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qozonchaga malina va 2 osh qoshiq shakar solib 5-7 daqiqaga qo‘ying.
  • Boshqa bir idishga shakarning qolgan qismi, 4 ta tuxum sarig‘i va ikkita tuxum solib mikserda aralashtiring.
  • Aralashmali idishni issiq suv turgan idish ustiga qo‘yib aralashtiring.
  • Qaymoqni ham bir xil massa bo‘lgunicha aralashtiring.
  • Qaymoqni tuxumli aralashmaga qo‘shib yaxshilab aralashtiring va idish qopqog‘ini yopib 1 soat muzlatkichga qo‘ying.
  • Qaymoqli aralashma bilan malinani qo‘shib aralashtiring va yana 5-6 soatga muzlatkichga qo‘ying.
Muzqaymoq tayyor, yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar