Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Andijon viloyatida mast holda tutingan nogiron ota-onasini shafqatsizlarcha o‘ldirgan fuqaro 21 yilga qamaldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Izboskan tumanidagi “Anorzor” mahallasida yashovchi 32 yoshli fuqaro V.K. tutingan ota-onasi bilan yoqtirgan qiziga uylantirmagani uchun doimiy janjallashib kelgan.

2019-yil 14-oktabr sanasida soat 19:00 larda mast holda uyga qaytgan V.K. ota-onasini dastlab ketmon, bolta va belkurakning yog‘och sopi bilan kaltaklagan. Kaltaklanish oqibatida avval onasi, so‘ngra otasi vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi katta yordamchisi Komronshoh Rasulovning ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat ishi 2020-yil 25-may kuni sudya Ulug‘bek Karimov raisligida ko‘rib chiqilgan.

Sudda aniqlanishicha, ota-onasi qotiliga aylangan V.K. shu yoshga kirgunga qadar uch nafar ayol bilan nikohdan o‘tgan bo‘lsa-da, hech biri bilan uzoq yashamagan. Shuningdek, tayinli ishning etagini tutmagan fuqaro ota-onasining nafaqasiga kun ko‘rib kelgan.

“Voqea yuz bergan kuni mardikorlik qilib topgan 200 ming so‘m pulimga spirtli ichimlik sotib olib, rosa ichdim va mast bo‘lib qoldim. Kechga yaqin uyga qanday kelganimni eslay olmayman. Orada uydagilar bilan biroz janjal ko‘tarilganini eslayman. Undan keyin nima bo‘lganini bilmayman. O‘zimga kelganimda ota-onamning qotiliga aylanganimni tushundim”, — dedi V.K..

Sud V.K.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq ojiz ahvoldagi shaxsni shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topib, unga 21 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi