Turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan Jaloliddin Manguberdi haqidagi film suratga olish ishlari uchun Turkiyaga ketgan Akbarxo‘ja Rasulov Burak O‘zchivit bosh rolni o‘ynagan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda.

O‘zbekistonlik aktyor serialning 23-qismida no‘yon Subutay obrazida namoyon bo‘ldi.

Akbarxo‘ja Rasulovning Instagram’dagi sahifasida yozishicha, turk kinoijodkorlari bilan boshlangan ushbu hamkorlik davomli bo‘lib, u serialning boshqa qismlarida ham suratga tushadi.

2019-yilning noyabrida namoyishi boshlangan “Qurilish: Usmon” “Ertug‘rul” serialining mantiqiy davomi bo‘lib, unda Ertug‘rulning jasur va dono o‘g‘li, buyuk sarkarda Usmon G‘oziy haqida hikoya qilinadi.

Serial prodyuseri Mehmet Bo‘zdag‘, rejissorlari Fethi Bayram, Metin Gunay, Ahmet Yilmaz. Serialda Usmon G‘oziy obrazini Burak O‘zchivit gavdalantirgan.