Porsche kompaniyasi xarid qilingan avtomobilning Suffenxauzendagi zavoddan mahalliy dilergacha bo‘lgan jarayonini kuzatish imkonini beradigan Track Your Dream mobil ilovasini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Koronavirus pandemiyasi avtomobilsozlik kompaniyalarini mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida taklif etiladigan onlayn xizmatlar assortimentini kengaytirishga majbur qildi. Porsche ham Track Your Dream mobil ilovasini taqdim etdi. Uning yordamida xaridorlar o‘z avtomobilining yig‘ilish jarayonini kuzatishi ham mumkin. Ilova hozircha faqat 911 modelida ishlaydi va sportkarning yig‘ilishiga oid barcha jarayonlarni kuzatish imkonini beradi — Suffenxauzndagi konveyrning yig‘ish liniyasidan tortib, mahalliy dilergacha videokamera o‘rnatilgan.

Germaniyadagi zavoddan belgilangan joyga yetib borguniga qadar avtomobil 14 ta bosqichni bosib o‘tadi, xususan, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, yig‘ish va logistika. Tez orada ilovadan birinchi Taycan elektromobili egalari foydalanishi mumkin. Ayni vaqtda Track Your Dream’da AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya va Ispaniyadagi yangi sportkarlarning xaridorlari foydalanishi mumkin, ilovaning geografik faoliyat ko‘lami kengayishda davom etadi.