Sankt-Peterburgda besh muhojir ayol vatandoshini xo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda huquq-tartibot organlariga tayanib, “78.ru” xabar berdi.
6-may kuni soat 08:42 da politsiyaga 1981-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. U 5-may kuni soat 20:00 dan ertasi kuni soat 07:00 ga qadar Kolomyajsk katta ko‘chasi yaqinidagi 15-sonli uyda besh nafar erkak tomonidan kaltaklangani va zo‘rlanganini ma’lum qilgan.
Shu kunning o‘zida, soat 13:00 larda politsiyachilar Kolomyajskdagi 18-sonli uy oldida ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan — ikkisi ham ishsiz O‘zbekiston fuqarolari. Gumonlanuvchilardan birining yoshi 22 da, ikkinchisi — 29 yoshda ekani aytilgan. Olingan ma’lumotlar asosida qolgan uch nafar erkak ham qidirilmoqda.
Izoh (0)