Daryo

Jizzaxda sel kelishi oqibatida 10 yoshli qizcha suvda oqib halok bo‘ldi

Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan vaqtida sel toshqini oqibatida suvda oqqan

1 daqiqa o‘qish220 014 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Jiydali qishlog‘ida 10 yoshli qizni soydan sel kelib oqizib ketgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan vaqtida sel toshqini oqibatida suvda oqqan. M.B.ning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Zominda opa-ukalarning sel toshqini oqibatida suvga oqib halok bo‘lgani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qoramol podasini sel oqizib ketgani haqida xabarlar berilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar