Daryo

Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan sel natijasida Samarqand—Qarshi yo‘lini suv bosdi

Sel natijasida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish167 356 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

4-may kuni soat taxminan 15:00 da Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi “Girdiqo‘rg‘on” va “Do‘stlik” mahallalari hududida kuchli jala quyishi natijasida sel kelgan. Oqibatda Samarqand—Qarshi yo‘lini suv bosdi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sel natijasida “Girdiqo‘rg‘on” mahallasidagi Jom ota qabristoni yonida joylashgan quvurga suv bilan oqib kelgan tog‘ toshlari tiqilib qolgan.

Foto: “Daryo”

Qabristonning 50 kvadrat metr maydonini ham suv bosgan.

Foto: “Daryo”

Bundan tashqari, Samarqand—Qarshi A-378 avtomobil yo‘lining “Do‘stlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi 52-kilometrida joylashgan quvurga ham tog‘ toshlari tiqilib qolishi natijasida sel asfalt yo‘l ustidan o‘tgan.

Foto: “Daryo”

Holat yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorligida avtomagistral yo‘lining asfalt qoplamasidagi loyqa cho‘kindilar va quvurlar maxsus transport vositalari yordamida tozalanib, xavf bartaraf etildi.

Foto: “Daryo”
Prokuratura sel natijasida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar