Daryo

Samarqandda do‘l aralash yog‘gan yomg‘ir sabab suv toshqini sodir bo‘ldi (video)

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari rahbarligida tezkor ishchi guruh tuzilib, talafot miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish169 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Samarqand viloyatida do‘l aralash yog‘gan yomg‘ir sabab suv toshqini sodir bo‘ldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ta’kidlanishicha, bugun, 29-aprel kuni, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanida yog‘gan yomg‘ir sababli suv toshqini yuzaga kelgan va yo‘llarda noqulayliklarni keltirib chiqargan.

“Daryo”ga yuborilgan videolarda shaharning Rohat qo‘rg‘onida joylashgan mahallalardagi suv toshqini hamda M-37 Toshkent—Samarqand magistral yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan katta toshqinni ko‘rish mumkin.

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Rabbimqul Xoljigitov rahbarligida tezkor ishchi guruh tuzilib, talafot miqdori aniqlanmoqda.

Ayni vaqtda ishchi guruh tumanning “Lalmikor” mahallasidagi vaziyat bilan tanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda joriy yil 6-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari yuz berib, o‘nlab xonadonlar suv ostida qolgandi. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar