Daryo

Saharlikka sabzavotlardan “ratatuy” tayyorlaymiz

Mazkur taom vitaminlarga boy, foydali va mazaliligi bilan sizni lol qoldirishi aniq

1 daqiqa o‘qish82 344 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

E’tiboringizga fransuzcha, sabzavotlardan tayyorlanadigan “ratatuy” retseptini havola etamiz. Mazkur taom vitaminlarga boy, foydali va mazaliligi bilan sizni lol qoldirishi aniq.

Foto: Getty Images

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

Sousi uchun:
  • Bulg‘or qalampiri — 350 gr
  • Pomidor — 350 gr
  • Piyoz — 20 gr
  • O‘simlik yog‘i
Sabzavotlar:
  • Baqlajon — 500 gr
  • Qovoqcha — 500 gr
  • Pomidor — 500 gr
  • Sarimsoq piyoz 1 dona
  • Ko‘katlar
  • Tuz va murch
Tayyorlanish jarayoni:
  • Bulg‘or qalampirini 180-190 darajali pechda yarim soat davomida pishirib olamiz.
  • Pishgan bulg‘or qalampirini sovitib “kubik” shaklida to‘g‘raymiz.
  • Piyozni mayda qilib to‘g‘raymiz.
  • Pomidor po‘stini artib “kubik” qilib to‘g‘raymiz.
  • O‘simlik yog‘ida piyozni qovurib olamiz.
  • Bulg‘or qalampirini qo‘shamiz, 3 daqiqadan keyin pomidor va tuz solamiz. 7 daqiqa davomida soklari ajralib, shira kiradi.
  • Blender bilan aralashmani sous holiga keltiramiz.
  • Sousni tovaga solamiz.
  • Baqlajon, qovoqcha va pomidorni dumaloq shaklda kesib olamiz.
  • Tovadagi sous ustiga sabzavotlarni terib chiqamiz.
  • Ko‘kat va sarimsoqni to‘g‘​rab o‘simlik yog‘i, tuz va murch solib aralashtiramiz.
  • Taom ustiga sepamiz.
  • Tovani pechga sabzavotlar tayyor bo‘lgunicha qo‘yamiz.
Issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar