Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasida 1-may kuni tongda buzilish yuz berib, suv toshib chiqdi. Hodisa joyida FVV va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi. “Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘q”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarda Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, bosh vazir Abdulla Aripov, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev hodisa joyida bo‘lib turganini ko‘rish mumkin.

Prezident vertolyoti qo‘ngan joyning o‘zida mahalliy jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, suhbatlashgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati