Daryo

Toshkentda “G‘alaba bog‘i majmuasi” faoliyati tashkil etiladi

Ikkinchi jahon urushi davriga oid “G‘alaba bog‘i majmuasi” operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufiga beriladi

1 daqiqa o‘qish50 356 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasining “G‘alaba bog‘i majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Loyihada Toshkent shahri Olmazor tumanida barpo etilgan Ikkinchi jahon urushi davriga oid “G‘alaba bog‘i majmuasi” operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi belgilangan.

Mazkur majmua Markaziy xiyobon, Temiryo‘l vokzali, harbiy texnikalar maydonchalari, Amfiteatr va ma’muriy bino, Urushning dahshatli qiyofasi aks etgan maydon, Frontorti hududi, Motam va anduh hududi, Shod-u hurramlik hududi, Shukronalik hududi, G‘alaba hududi, Shon-sharaf davlat muzeyi hamda monument va haykallardan iborat bo‘lib, tarixiy haqiqatlar haqida ma’lumot berishga xizmat qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O‘tganlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan majmuada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ham belgilab o‘tilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Shuningdek, majmuada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish sharoitini yaratish ham rejalashtirilgan.

Ushbu qaror loyihasi 12-maygacha davom etadi. Uning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish va takliflar bildirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 25-iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, “G‘alaba bog‘i” qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan, ushbu topshiriq asosida bog‘ konsepsiyasi ishlab chiqilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 9-may kuni qabristonlarga borish mumkinmi? IIV izoh berdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar