Daryo

Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3 milliondan oshdi

878 mingdan ziyod kishi kasallikdan tuzalgan

1 daqiqa o‘qish81 456 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: France 24

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3 million nafardan oshib ketdi, 878 mingdan ziyod kishi kasallikdan tuzalgan. Bu haqda AQShning Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi. Oliygoh statistikani federal ma’lumotlar va mahalliy hokimliklar, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalarning axborotiga tayanib yuritmoqda.

Foto: France 24

27-aprel Toshkent vaqti bilan soat 21:30 holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 3 million 2 ming 303 nafarni tashkil qilgan, 208 ming 131 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. 878 ming 813 nafar bemor COVID-19’dan tuzalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni koronavirus tarqalishini butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgandi. Mavzuga doir:  O‘zbekistonda 27-aprel 22:00 holatiga ko‘ra, 1904 nafar kishida koronavirus borligi aniqlangan. 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 892 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar