Daryo

Yevropada koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish boshlandi

Vaksina sinovi birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada boshlangan

2 daqiqa o‘qish86 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: un.org

Yevropadagi birinchi koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish Buyuk Britaniyada boshlandi, deb xabar bermoqda BBC News.

Foto: un.org

Tadqiqotda 800 dan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi, ayni paytda ularning faqat ikki nafari emlangan. Tajribada ishtirok etayotganlarning yarmi koronavirusga qarshi, qolgan yarmi esa meningitga qarshi vaksina oladi. Bunda ularning hech biri qaysi vaksinani olganini bilmaydi. Bu imkon qadar ishonchli natijalarga erishish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, ushbu vositani Oksford universiteti olimlari atigi 3 oy avval ishlab chiqqan. Vaksinologiya professori Sara Gilbert undan juda katta natijalarni umid qilayotganini bildirgan. “Albatta, hali uni odamlarda sinab ko‘rib ma’lumot to‘plashimiz kerak. Biz, u haqiqatan ham foyda berayotganini va koronavirus kasalligining oldini olishini namoyish etishimiz kerak va shundan keyingina biz undan ommaviy ravishda foydalanishimiz mumkin”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgandi. Vaksina tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilingan.

Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu vaksina hali klinik sinovlardan o‘tkazilmasdan turib ommaviy ishlab chiqarish boshlangandi. Reuters’da agar sinov vaksinaning muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatsa, undan shu zahotiyot ommaviy foydalanish mumkinligi, aks holda keraksiz vaksina ishlab chiqarishdan keladigan zarar miqdori bir necha 10 million funt sterlingga teng bo‘lishi aytilgandi.

Dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan odam amerikalik Jennifer Xaller bo‘ldi. Vaksina mRNA-1273 deb nomlanib, u Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi va ular 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Ayni paytda vaksina bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilmoqda. Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishni buyurgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar