Daryo

Pomidor va tovuqdan sousli yaxna taom tayyorlaymiz

Yengil hazm bo‘ladigan, mazali taom oilaning barcha a’zolariga manzur bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish26 200 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Daily Meal

Yengil hazm bo‘ladigan, mazali taom dasturxon ko‘rki. Uni tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmasa yana yaxshi. E’tiboringizga pomidor va tovuqli taom retseptini havola qilamiz.

Foto: The Daily Meal
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘​ladi:
  • Pishloq — 200 gramm
  • Pomidor 3 dona
  • Tovuq go‘shti
  • Salat bargi
  • Sarimsoq piyoz 2 dona
  • Murch
  • Mayonez
  • Tuz
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Birinchi bo‘lib tovuq go‘shtini qaynatib oling. (Iloji boricha filedan foydalaning)
  2. Pishgan tovuq go‘shtini yupqa qilib kesing.
  3. Pomidorni yuvib, dumaloq shaklda kesib chiqing.
  4. Pomidorga salat bargini, uni ustiga kesilgan tovuq go‘shtini qo‘ying.
  5. Sous tayyorlang: smetana, sarimsoq piyoz, kefir va ukropni aralashtiring.
  6. Sousni tovuqli pomidor ustiga surtib chiqing.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar