Oson tayyorlanadigan go‘shtsiz kotlet retsepti bilan bo‘lishamiz. Ushbu kotletni go‘sht yoki baliq yoniga garner sifatida yoki o‘zini smetana bilan tortsa bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

4 portsiya uchun kerakli masalliqlar:

  • Kartoshka pyuresi — yarim stakan
  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq — yarim stakan
  • Tuxum — 1 dona
  • Un — 2-3 osh qoshiq
  • Smetana — 3 osh qoshiq
  • Yumshatuvchi (razrixritel)
  • Shivit— yarim bog‘
  • Tuz va ziravorlar — ta’bga ko‘ra
  • O‘simlik yog‘i—1 osh qoshiq

Tayyorlanish jarayoni

1․Pyure, pishloq, tuxum, smetana,un, yumshatgich, to‘g‘ralgan ko‘kat, tuz va ziravorlarni yaxshilab aralashtiramiz.

Ziravorlardan masalan, maydalangan qora murch yoki kartoshkali taomlarga qo‘shishga mo‘ljallangan ziravorlar qo‘shish mumkin.

2․O‘rtacha kattalikdagi kotletlar yasab, ularni tovada qizib turgan yog‘da pishirib oling.

3․Kotletlar tillarangga kirgunga qadar taxminan 5 daqiqa qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!