Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil yanvar–mart oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2019-yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga (924,1 million dollarga) kamayib 8,14 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston iqtisodiyotini ijobiy baholayotgan Xalqaro valyuta fondi
Avval 2020-yilning yanvar—fevral oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingandi. 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 milliard dollarni tashkil etgan.







