Daryo

Mazali va foydali: Oson tayyorlanadigan jigarli pashtet retsepti

Pashtet uchun juda kam mahsulot talab etiladi

1 daqiqa o‘qish30 618 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Viikin.pro

Mazali to‘yimli va tez tayyor bo‘ladigan taomlarni tayyorlash uchun karantindan yaxshiroq vaqt yo‘q. Uyda bir xil taomlardan zerikkanlar uchun jigardan pashtet tayyorlashni o‘rgatamiz.

Foto: Vilkin.pro
Buning uchun bizga quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Jigar go‘shti — 500 gramm
  • Sariyog‘ — 50 gramm
  • Piyoz — 2 dona
  • Sabzi 1 dona
  • Ziravorlar — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Jigarni yaxshilab yuvib, tuz solingan issiq suvda 30-40 daqiqa qaynating.
  2. Piyoz va sabzini artib, sariyog‘da qovuring.
  3. Sabzavotlar ustiga jigarni solib blenderda bo‘tqa holiga keltiring.
  4. Ta’bga ko‘ra sabzavot soling.
Pashtet tayyor, yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar