Daryo

Fransiyalik olimlar koronavirus qanday haroratda butunlay yo‘q bo‘lishini aniqladi

Koronavirus 92 daraja qizdirilgandan so‘nggina 15 daqiqa ichida to‘liq nobud bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish413 664 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Fransiyaning Provans universiteti olimlari tadqiqotlar davomida koronavirus qanday haroratda nobud bo‘lishini aniqladi. Bu haqda ilmiy materiallarni nashr etadigan bioRxiv resursida e’lon qilingan.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, tadqiqotchilar tajriba davomida koronavirusni bir soat davomida 60 darajaga qizdirgan va shunday harorat ta’siridan so‘ng ham uning ba’zi shtammlari ko‘payish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligini aniqlagan. Koronavirus 92 darajada qizdirilgandan so‘nggina 15 daqiqa ichida to‘liq nobud bo‘lgan.

Tajribada Germaniyadan kelgan bemordan olingan koronavirus shtammi yuqtirilgan Afrika yashil maymunining buyrak hujayralaridan foydalanilgan. Infeksiyalangan hujayralar ikkita — steril va boimaterialli probirkaga joylashtirilgan.

Qizdirilgandan so‘ng toza muhitda virus shtammlari to‘liq nobud bo‘lgan, sterillanmagan probirkada esa koronavirus odamlarni kasallash uchun yetarli bo‘lgan darajada ko‘payishda davom etgan.

Avvalroq rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgandi. Guanchjou va Gonkong universitetlari epidemiologlari COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishlarini aniqlagandi. Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qilgandi, Italiya va ispaniyalik shifokorlar ham koronavirusning yana bir alomatini aniqlagan. JSST vakili esa koronavirusning eng yaqqol belgisini aytgandi.

 Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar