Daryo

Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishlarini aniqladi

Ta’kidlanishicha, virusni yuqtirish holatlarining 44 foizi tashuvchida birinchi alomatlar paydo bo‘lishidan oldin sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish159 274 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holatlarning deyarli yarmi uni tashuvchilarda kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishidan oldin tarqalgan. Bu haqda Guanchjou va Gonkong universitetlari epidemiologlarining tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.

Foto: EPA

Olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasi erta bosqichda aniqlangan 94 nafar bemorning tahlil natijalariga tayanib, shu kabi xulosaga kelgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, inson organizmida virus zarralarining maksimal soni kasallikning dastlabki kunida paydo bo‘ladi, tashuvchi sifatidagi xavflilik cho‘qqisi esa belgilar paydo bo‘lishiga 0,7 kun qolganda ma’lum bo‘ladi.

Epidemiologlarning hisoblashicha, virusni yuqtirish holatlarining 44 foizi tashuvchida birinchi alomatlar paydo bo‘lishidan oldin sodir bo‘lgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalaridan COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralarini yanada takomillashtirish yo‘lida foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: “Xitoyning o‘zi aybdor”, “Bu Amerika fitnasi”. Koronavirus va u keltirib chiqargan kognitiv yanglishishlar haqida

Avvalroq koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilingandi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar