Daryo

JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi

“Kasallangan odamlarning aytishicha, ular yarim kechasi alahsirab uyg‘ongan va o‘zlarini juda yomon his etgan”, — deydi Xarris

1 daqiqa o‘qish207 626 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Koronavirus yuqtirib olinganning eng birinchi oshkora belgisi insonda yuqori darajadagi isitma chiqishi kuzatilishidir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: AFP

“Kasallangan odamlarning aytishicha, ular yarim kechasi alaxsirab uyg‘ongan va o‘zlarini juda yomon his etgan”, — deydi Xarris.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha bemorlar isitmadan keyin kuchli titroqni ham his etgan.

“Kasallikning yaqqol belgisi — isitma va tana haroratining 38 darjadan ham balandroq bo‘lishi”, — degan JSST vakili.

Xarrisning aytishicha, COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning 90 foizida infeksiya shunday alomatlar bilan boshlangan. Mavzuga doir:  JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 5-aprel holatiga COVID-19 bilan kasallanganlar soni million nafardan oshib ketgan, 57 ming kishi infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniyadan vafot etgan. Tashkilot 1-apreldan boshlab koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar