Daryo

Olimlar koronavirusdan tuzalganlar virus yuqtirishda davom etishi mumkinligini aniqladi

Qayd etilishicha, tuzalgan bermorlar 1 kundan 8 kungacha virus tashuvchi bo‘lishda davom etadi

1 daqiqa o‘qish121 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Koronavirusdan davolangan kishilar tuzalgangan keyin ham virus yuqtirishda davom etishi mumkin. Bu haqda Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi operativ shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Xabarda aytilishicha, Xitoy olimlari koronavirusdan davolanganda so‘ng kasalxonadan chiqarilgan kishilarga karantin muddatini uzaytirishga chaqirmoqda.

“Shifokorlarning aniqlashicha, mijozlar hatto COVID-19 ni aniqlash bo‘yicha test natijalari salbiy chiqqanidan keyin ham virus tarqatishda davom etishi mumkin. Bunday mijozlarda kasallik alomatlari bo‘lmaydi, biroq tomoqdan olingan namunalarda virus qoldiqlari saqlanib qoladi. Tuzalganlarning qariyb yarmi kasallikning barcha belgilari bartaraf etilgan bo‘lsa ham virus ajratishda davom etgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tuzalgan bermorlar 1 kundan 8 kungacha virus tashuvchi bo‘lishda davom etadi. “O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish hozirgi kunda boshqa odamlarning virus yuqtirib olishi xavfini kamaytirishga yoram beruvchi eng samalari choradir”, — deb ta’kidlamoqda mutaxassislar.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 690 ming kishidan oshib ketdi, 33 mingdan ortiq odam vafot etdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 158 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus haqidagi afsonalardan birini yo‘qqa chiqardi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar