• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eksponensial o‘sish. Koronavirusni to‘xtata olamizmi? (video)

    Dunyoning ko‘plab mamlakatlariga yoyilayotgan koronavirus pandemiyasining tarqalishi aslida qanday kechyapti?  Vaziyat qachongacha davom etishi mumkin?

    Eksponensial o‘sish jarayoni haqida Patreon ijodiy portalida oxirgi ilmiy ma’lumotlarga asoslangan video tayyorlandi. “Daryo” ushbu videoning yozma tarjimasini taqdim etadi.

    Videoni ingliz tilida YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

    Birinchi kuni hamma narsa odatiy, o‘z holidagidek, hech kim kasal bo‘lmagan va bo‘lishi mumkinligini ham o‘ylamagan.  Do‘stlaringiz va qarindoshlaringiz hammasi o‘z hayotini bir tekis davom ettirmoqda. Voqelik bunday ko‘rinishda bir necha kunlab davom etadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo bir kun kelib tanishlaringizdan ayrimlari kasal bo‘lganini ko‘rasiz. Ko‘p o‘tmay atrofingizdagi odamlarning barchasi birdaniga kasal bo‘ladi.  Bu narsa sizga xuddi bir zumda bo‘lib qolgandek tuyuladi. Go‘yoki, bundan oldin hammasi yaxshi bo‘lgan va birdaniga falokat kelgan.

    Bunday g‘aroyib hodisa ilm-fanda pandemiya paradoksi deb ataladi. COVID-19 kabi to‘satdan boshlangan epidemiya bilan kurashish uchun ko‘p mutaxassislardan juda tez va keskin choralarni ko‘rish haqida eshitasiz. Birinchi kunlari kasal bo‘lganlar soni ozligida bunday choralar haddan tashqari radikal ko‘rinadi. Qanaqasiga birdaniga hamma sport o‘yinlarini, konsertlarni va masjidda jamoat ibodatlarni bekor qilish mumkin?

    Maktablarni yopish, hech kimga yaqin yurmaslik, hech kim bilan qo‘l berib ko‘rishmaslik, kuni bo‘yi ko‘chaga chiqmaslik – bularning hammasi aqlbovar qilmaydigan darajadagi vahimalikku! Bu axborot vositalarining navbatdagi uydurmasi! Ammo bunday fikrlash kasallik tarqalish mexanizmini tushunishdan bizni to‘sadi. To‘g‘risini aytganda, boshidan ahvol yaxshi emas edi, biz buni anglab yetgunimizcha esa juda kech bo‘ldi.

    Koronavirus epidemiyasi qanchalik yomonlashishi haqida hammamiz bilgimiz kelyapti. Buning javobi mana bu grafikda:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu tezkor rivojlanadigan global pandemiyaning klassik ko‘rinishi.  Kasal bo‘lganlar sonini kamaytirish uchun hech qancha vaqt yo‘qligi va juda qisqa vaqt ichida juda ko‘p odamlar kasal bo‘lishini anglatadi. Sekinroq o‘tadigan global pandemiya esa bunday ko‘rinishda bo‘ladi:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Har kungi yangi kasallangalar soni kamayadi va kasallik uzoqroq vaqt ichida tarqaladi. Biz grafiklarda ko‘rsatilgan yo‘llarini qay birini tutishimiz mana bu chiziq uchun juda muhimdir:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu chiziq bizning sog‘liqni saqlash tizimimizning imkoniyatlarini anglatadi – umumiy shifoxonalar, to‘shaklar, shifokorlar va respiratorlar soni. Mutaxassislar shundan qo‘rqadiki, birinchi grafikda keltirilgan kasallanganlar sonining keskin oshib ketishi sog‘liq tizimi imkoniyatini ishdan chiqaradi.

    Eng qiziqarlisi, ikkita egri chiziqlarda bir xil umumiy kasallanganlarning miqdori aks ettirilgan bo‘lsa-da, kasallik tezkor avj olgan ssenariyda o‘lganlarning soni ko‘payadi, chunki kasalxonalarda odamlar yotadigan joylar va nafas oldiruvchi apparatlar yetishmaydi.

    Hodisaning qiziq tomoni, oxirida baribir ma’lum miqdordagi odamlar kasallikni yuqtiradi, ikkala vaziyatda ham:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ammo vaziyat yomonlashib ketishini kutib o‘tirmasdan qilingan keskin harakatlar ko‘proq odamning hayotini saqlab qoladi. Biz ko‘rayotgan keskin choralar ortiqcha vahimalik yoki oshirib yuborish emas, balki epidemiologiya ilmida ko‘rilishi kerak deb bilingan choralardir.

    Eksponensial o‘sish qanday bo‘ladi?

    Yuqoridagi ikki grafik bizning tabiatimiz idrok qilishga qiynaladigan juda g‘alati hodisalardir. Bizning tabiatimiz eksponensial (ko‘rsatkichli) o‘sish qanday bo‘lishini tushunolmaydi. Keling, viruslarni bir zumga chetga surib turaylik-da, xayolimizda bir hovuzni tasavvur qilaylik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hovuzda bir dona nilufar guli o‘sadi va u eksponensial o‘sish orqali kuniga bir marta o‘zidan ko‘payadi. Ikkinchi kuni ko‘lda ikkita nilufar guli o‘sgan bo‘ladi. Uchinchi kuni gullarning soni 4 taga chiqadi va hokazo. Hovuzni to‘liq qoplash uchun 60 kun kerak bo‘lsa, yarimi qoplanishi uchun necha kun vaqt ketadi? Bu savolning javobi 59 kun. Yarimi gullar bilan qoplanilgan hovuz maydoni bir kun ichida gullar bilan to‘lib ketadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aminmanki, ko‘plar buni biladi. Lekin qaysi kuni nilufar gullari hovuzni atigi bir foizini egallab bo‘ladi? Ajablanarlisi shundaki,  bu hodisa 54-kungacha sodir bo‘lmaydi. Hovuz ko‘p vaqt ichida, asosan, bo‘m-bo‘sh yotadi. Bir kun kelib hammasi gulga to‘lib ketmagunicha.

    Biz ushbu 60 kunning oxirgi haftasidagina bir foizdan ko‘proq bo‘lgan maydonni qoplashga tushamiz va oxirgi 7 kun ichida butun hovuzni gulga to‘ldiramiz. Bu eksponensial o‘sish deb ataladi  va epidemiyalarning aksariyati shunday rivojlanadi.

    Xo‘sh, COVID-19 virusichi? U bilan nimalar sodir bo‘ladi?

    Keyingi kunda chiqadigan yangi kasallar sonini aniqlash uchun bugungi kundagi kasallar miqdoriga o‘zgarmas sonni ko‘paytiramiz.  Bu yerda vaqt kunlar davomida o‘lchanishi shart emas,  lekin biz nilufar gulida keltirilgan misolni tushunish uchun kunlar misolida foydalandik. COVID-19 virusi misolida biz har kuni ko‘paytirib boradigan doimiy konstantamiz ikki edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatgan bo‘lsangiz, fevralning o‘rtalaridan boshlab biz virusdan kasallanganlar soni har kuni 1,1 va 1,4 marta ko‘payganiga guvoh bo‘ldik. Birdan ortiq bo‘lgan raqam biz har kuni oldingi kunga qaraganda ko‘proq virusga chalinganlarni kuzatganimizni anglatadi.  Butun dunyo bo‘ylab umumiy kasallanganlar sonini birdaniga ko‘payib ketganini hozir bilish qiyin emas. Eksponensial o‘sish qo‘rqinchli tusda avj olishi mumkin.

    Endi nima bo‘ladi?

    Ammo bu hodisa abadiy davom etolmaydi. Buning sabablari bir nechta. Virusimiz hovuzdagi nilufar gullari kabi birpasda hamma yoqni egallab olishi mumkin yoki u yuqtirish uchun boshqa odam topolmay qoladi. Kasallanib bo‘lgan odamlarning organizmiga yana bir bora to‘qnash keladi va ularga boshqa yuqmaydi yoki kasallangan odamlarni ajratganimiz tufayli boshqalarga yuqolmaydi. Emlash tufayli hosil bo‘ladigan poda immuniteti tufayli ham virus tarqalishining oldini olish mumkin.

    Bunday epidemiyalarda vaqt o‘tishi bilan o‘sish sur’ati tabiiy ravishda kamayadi va biz shunga o‘xshash holatlarning umumiy sonini quyidagi egri chiziq bilan yakunlaymiz. Bu “logarifmik o‘sish” deb nomlanadi va biz bu egri chiziqni sigmasimon deb ataymiz. Ushbu funksiyaning ortidan juda qiziq hisoblashlar qilish mumkin:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuni unutmangki, S egri chizig‘imizdagi har bir nuqtaning balandligi o‘sha kunga kelib umumiy kasallanganlarning sonini bildiradi. Biz shu nuqtaning qiyalik darajasini chiqarsak o‘sha kuni kasalliklar soni qanchaga o‘sganini ko‘ramiz. Bu mantiqqa to‘g‘ri keladi, chunki epidemiyaning ilk davrlarida ko‘p yangi holatlar aniq emas, keyinchalik juda ko‘p yangi holatlar topiladi va vaqt o‘tgan sari virusdan kasal bo‘lganlar soni kamayadi.

    Agar siz maktabda algebra darsidan hosilalarni o‘rgangan bo‘lsangiz, men bunday hisoblashlar bilan qayerga ketayotganimni ko‘rishingiz mumkin. S-shaklli egri grafigimiz bo‘ylab turli xil qiyaliklarni yotqizib chiqsak, bunday grafik hosil qilamiz:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu holat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini katta zarar yetkazishi mumkinligi tufayli xavotirga solmoqda.

    Yaxshi xabar shundaki, biz jamoat bo‘lib grafikni boshqa shaklga keltirishimiz mumkin:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bunday qilish uchun biz eksponensial o‘sish egri chizig‘imizda har kuni doimiy songa ko‘payadigan konstantamizni kamaytirishimiz kerak. Hozirgi COVID-19 kabi na dorisi bor, na vaksina tayyor bo‘lmagan virus uchun qarshi kurarishni yagona yo‘li uning tarqalishini to‘sishdir.

    Haqiqiy epidemiya shunday ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Bu birinchi chelakda kasallanganlarning soni. Keyingi chelakda sog‘lom odamlarning soni. Birinchi chelakdan ikkinchi chelakka odamlarning oqish tezligi kasallikni qanday avj olishini belgilab beradi. Ammo bizda uchinchi chelak ham bor. Bu chelakga ikkinchi chelakdagi teshik orqali kasal bo‘lib tuzalganlar o‘tadi. Birinchi chelakdan ikkinchi chelakka odamlarning oqish tezligini kamaytirsak biz virusni yengib o‘tgan bo‘lamiz:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shunday qilib, kasallik tarqalishini butunlay to‘xtatish qo‘limizdan kelmas ekan, harakat qilsak ham qilmasak ham,  baribir o‘sha umumiy miqdordagi odamlar kasallangani bilan, biz grafikdagi egri chiziqni tekislashga va har kuni qo‘shilib boradigan kasalliklar sonini kamaytirishga harakat qilishimiz mumkin. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi omon qolishiga va o‘z o‘rnida ko‘proq odamlar tuzalib ketishiga olib keladi.

    Yana bir misol keltiraylik. 1918-yilda tarixdagi eng yomon pandemiya – Ispan grippining dastlabki kunlarida Filadelfiya shahri rasmiylari ogohlantirishlarga e’tibor bermadi va shahar bo‘ylab 200 ming kishi ishtirok etgan paradni o‘tkazdi. Uch kundan keyin esa Filadelfiyadagi kasalxonalarda bo‘sh to‘shaklar qolmadi va bir hafta ichida 4 500 kishi vafot etdi.

    Xuddi shu payt St.Louis shahrida esa ilk kasallik aniqlanganidan 2 kun o‘tgandan keyin rasmiylar maktab, o‘yin maydonchalari va hattoki cherkovlarni yopidi. 20 kishidan ortiq o‘tadigan ommaviy yig‘ilishlar man qilindi. Natijada, shahardagi odamlar pandemiyadan deyarli omon qoldi.

    Shuning uchun hukumat keskin choralarga erta chorlamoqda. Kasallik tarqalishining birinchi kunidan boshlab qilingan harakatlar kech bo‘lishi ham mumkin. Bunday hodisalarda kech bo‘lmagunicha go‘yoki hammasi yaxshidek tuyulaveradi.

    27.03.2020, 17:09   Izoh (0)   231555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda koronavirusga chalingan qiz kasallik haqida ilk bor ochiq gapirdi

    27.03.2020, 16:54

    Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi

    27.03.2020, 13:02

    “Hizbulloh” harakati koronavirusga qarshi kurashda Livan hukumatiga yordam beradi

    27.03.2020, 12:47

    Qozog‘iston poytaxti aholisi daryo bo‘yiga uyi yo‘qlar uchun mahsulotlar to‘ldirilgan paketlar tashlab ketmoqda (foto)

    27.03.2020, 11:03

    Xitoy 28-martdan boshlab vizasi bor xorijliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatadi

    27.03.2020, 10:52

    Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi

    27.03.2020, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.