O‘zbekistonlik reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi. Kompozitsiya tinglovchini uyda o‘tirishga va koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikni targ‘ib qiladi.

Qo‘shiq haqiqatan ham reper Shakaning ijodiga mansub ekanini, jumladan, undagi mana bu so‘zlar isbotlaydi: “Virus chiqqan mahallada qilsang taralla-yalla, Lopatka yo ketmon bilan bir solaman kallangga”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 50 nafarga yetgan. Ulardan besh nafarining ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, sog‘aygani aytilmoqda.

Butun dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 400 mingdan oshib ketdi (uch kun avval kasallanganlar soni 300 ming edi), 18 mingdan ortiq odam esa virus qurboni bo‘ldi.