Koronavirus tufayli Turkiyada mushkul vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi. Bu haqida O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Ta’kidlanishicha, Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak beriladi, ularga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalari yetkazib beriladi.

Buning uchun Turkiyadagi yordamga muhtoj fuqarolar ism-sharifi, telefon raqami va yashash manzili ko‘ratilgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligining Telegram boti @UzbTrBot va “tr.ozbekogrenciler@gmail.com” pochta manziliga yuborishi lozim.

Avvalroq Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘paygani xabar berilgan edi.