Daryo

Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘paydi

Vafot etganlar soni 9 nafarni tashkil qilmoqda

1 daqiqa o‘qish126 060 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda qariyb ikki baravar ko‘payib, 670 nafarga yetdi, vafot etganlar soni 9 nafarni tashkil qilmoqda, deb ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja.

Foto: Reuters

Fahriddin Xo‘ja 19-mart kuni Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 191 kishidan 359 kishiga yetgani, bemorlarning 4 nafari vafot etganini ma’lum qilgan edi.

“So‘nggi bir sutka davomida koronavirusni aniqlash uchun 3 656 ta tahlil o‘tkazildi. Ularning 311 tasi ijobiy chiqib, kasallanganlar soni 670 taga yetdi. Bugun keksa va zaiflashgan besh nafar bemorni yo‘qotdik. Umumiy hisobda 9 kishi vafot etdi”, — deb yozgan Xo‘ja Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlangandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. U bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan. 18-mart kuni esa mamlakatda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilgan.

Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablar 16-martdan boshlab 1 haftaga yopilgan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirusdan bir sutkada 627 kishi vafot etdi. Bu — rekord

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar