O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan”, — deyiladi vazirlik axborotida, biroq yangi bemorlar kasallangani avval aniqlanganlardan kimlarning yaqinlari ekani ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida bu fuqaro qachon, qayerdan kelganiga, u bilan birga necha nafar yo‘lovchi bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, “infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”.