Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yuqumli kasalliklar profilaktikasi maqsadida antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi sarimsoq piyoz va sirkali suv haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Yuqumli kasalliklar profilaktikasi maqsadida antivirus dorilarni va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu kabi dorilarni — har xil immun tizimini ko‘taradigan dorilarni tavsiya qilish — bu umuman noto‘g‘ri. Immun tizimini ko‘taradigan dorilar virusga qarshi hech qanday ta’sir kuchiga ega emas.

Koronavirus kasalligi quruq yo‘tal klinik belgisiga ega. Quruq yo‘tal og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi bilan bog‘liq. Demak, biz og‘iz bo‘shlig‘ini ho‘l holatda ushlasak, o‘sha virusni og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘qimalar orqali ichkariga kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Og‘iz va burnimizni tez-tez chayib turadigan bo‘lsak, buni faqat foydasi bor. Oshqozonga tushgan virus oshqozon kislotasida nobud bo‘ladi.

Suvga uksus aralashtirib ichish og‘iz bo‘shlig‘ini battar yallig‘lashi va virus kirish mumkin bo‘lgan joyning paydo bo‘lishiga olib keladi

Sarimsoq piyozni iste’mol qilish mumkin. Lekin bir jihatga e’tibor berish kerak. Sarimsoq piyoz bir vaqtning o‘zida ham antibakterial, ham antivirus preparat emas. Shunday ekan sarimsoq piyozni boshqa ko‘katlar bilan aralashtirgan holda iste’mol qilish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri, asoslanmagan va o‘z tasdig‘ini topmagan nomutaxassislar tomonidan bildirilgan ma’lumotlarga ishonmaslik kerak.

Nurmat Otabekov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi