Daryo

Farg‘onada YTH sodir etgan mast haydovchi YPX xodimining bodikamerasini sindirdi

Holat bo‘yicha viloyat IIB YXXB katta inspektori voqea joyiga borib surishtiruv o‘tkazayotgan vaqtida haydovchi mast holatda xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan

1 daqiqa o‘qish88 977 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida mast haydovchi tomonidan YTH sodir etilib, ushbu vaziyatni o‘rganishga kelgan YPX xodimining bodi-kamerasi sindirib tashlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, 16-mart, dushanba kuni, soat 00:50 larda haydovchi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan “UAZ” rusumli avtomashinasida A 373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 389-kilometrida boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Viloyat IIB YXXB katta inspektori A.Bo‘stonov voqea joyiga borib, haydovchi A.I.dan holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan vaqtida haydovchi mast holatda xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan YPX inspektorining bodikamerasini yulib olib, yerga urib, yaroqsiz holatga keltirgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:  Avval Samarqandda YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilgan fuqaro 7 sutkaga qamalgani, Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi ham qamoqqa olingani xabar qilingan. Shuningdek, 4-mart kuni Farg‘onada YPX inspektorini nohaq ayblab, videoga olgan fuqaro ham  10 sutkaga qamalgan. Fevral oyida Buxoroda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan fuqaroning qamoqqa olingani  ma’lum bo‘lgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar